
Yur tog'larga ketamiz
Noma'lum
15 000 so'm
Sotuvda mavjud
- Yetkazib berish
Toshkent bo'ylab — 1–2 ish kuni
Viloyatlarga — 3–5 ish kuni
- To'lov usullari
- Click, Payme yoki naqd pul — yetkazib berishda
- Qaytarish sharti
- Nuqsonli nusxa 14 kun ichida bepul almashtiriladi
“«Yur, tog'larga ketamiz» qissasi ana shunday epigraf hamda Saroytosh qishlog'ining go'zal ta'rifi bilan boshlanadi.”
Kitob haqida
«Yur, tog'larga ketamiz» qissasi ana shunday epigraf hamda Saroytosh qishlog'ining go'zal ta'rifi bilan boshlanadi. Qissa qahramoni qorong'i bostirmadan topib olgan kuchukbolaga (aslida, u oddiy kuchukbola emas, bo'ri bilan itning orasida tug'ilgan) Qoraboy deb ism qo'yadi. Shu kundan e'tiboran uning hayoti qiziqarli voqealar bilan boyib boradi. Bag'rikeng tog'liklarning hammasi ham negadir Qoraboyga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lmaydilar, uni odamlar orasidan yo'qotishga urinadilar. Ammo asar qahramoni sodiq do'stini harchand himoya qilmasin, ko'pchilikka bas kelolmaydi. Alaloqibat, odamlardan zulm ko'rgan Qoraboy ularga zulm bilan javob qaytaradi. Natijada esa «Hayvonot bog'i»ga badarg'a qilinadi. Ammo o'rtada allaqachon ildiz otgan sadoqat rishtasi, mehr-muhabbat tuyg'usi do'stlarni qayta diydor ko'rishtiradi. Tog'lar esa yana ularni qarshi olmoqqa shay turadi ...
Bolalikning eng go'zal lahzalari kitob bilan bog'liq bo'lishini istaymiz. “Yur tog'larga ketamiz”ni nashrga tayyorlarkanmiz, har bir sahifa yosh kitobxonlarimiz qalbida iliq xotira qoldirishini orzu qildik.
- Nashr yili
- 2022
- Sahifalar soni
- 144
- Muallif
- Noma'lum
- Yo'nalish
- Bolalar adabiyoti
- ISBN
- 978-9943-6870-1-1



