
Dunyo bolalari
Noma'lum
15 000 so'm
Sotuvda mavjud
- Yetkazib berish
Toshkent bo'ylab — 1–2 ish kuni
Viloyatlarga — 3–5 ish kuni
- To'lov usullari
- Click, Payme yoki naqd pul — yetkazib berishda
- Qaytarish sharti
- Nuqsonli nusxa 14 kun ichida bepul almashtiriladi
“Siz bugunning baxtli farzandi, baxtli avlodisiz!”
Kitob haqida
Aziz kitobxon do'stim! Siz bugunning baxtli farzandi, baxtli avlodisiz! Orzularingiz yo'lida qanchalik muammo va to'siqlar bo'lmasin, ulardan mardona hatlab o'tmog'ingiz uchun shunchalik ko'p umid, shunchalik ko'p imkoniyat va sizga bildirilgan ishonch bor. Butun dunyo bolalari, ya'ni tengdoshlaringiz hayoti sizni hech qiziqtirganmi? Ular bilan imkoniyatlaringiz qay darajada bir-biriga yaqin? Orzularingiz-chi? Asqad Muxtor «Dunyo bolalari» nomi bilan mazkur kitobga jamlagan hikoyalar, ishonch bilan aytamizki, sizning dunyoga, umuman, hayotga bo'lgan munosabatingizni o'zgartirib yuboradi. Qahramonlarning ayanchli taqdirlari, yaxshi yashashga bo'lgan umidi, shu murg'ak yoshida ham gardaniga olgan ulkan mas'uliyat hissi ularga nisbatan mehringiz va muhabbatingizni oshiradi.
Farzandlarimiz kitob bilan do'st bo'lib ulg'ayishi — bizning eng katta maqsadimiz. Ushbu asarni tanlashimiz sababi ham aynan shunda: u bolalarga mehr, hayrat va yaxshilikni o'rgatadi.
- Nashr yili
- 2022
- Sahifalar soni
- 144
- Muallif
- Noma'lum
- Yo'nalish
- Bolalar adabiyoti
- ISBN
- 978-9943-6870-0-4



