
Qotilning tug'ilishi
Abdulla Qahhor
22 000 so'm
Sotuvda mavjud
- Yetkazib berish
Toshkent bo'ylab — 1–2 ish kuni
Viloyatlarga — 3–5 ish kuni
- To'lov usullari
- Click, Payme yoki naqd pul — yetkazib berishda
- Qaytarish sharti
- Nuqsonli nusxa 14 kun ichida bepul almashtiriladi
“"Qotilning tug'ulishi" qissasining qo'lyozmasi saqlanib qolmagan, kitob holida esa 1933-yilda chop etilgan.”
Kitob haqida
"Qotilning tug'ulishi" qissasining qo'lyozmasi saqlanib qolmagan, kitob holida esa 1933-yilda chop etilgan. Qissada mustaqil hayot yo'lida adashgan Sattor ismli yigitning boshidan kechirganlari, uning fojiasi hikoya qilinadi. Nazarimizda, asar nafaqat 1930-yillar balki hamma davrlarda ham inson va uning tarbiyasida jamiyat va muhitning tutgan o'rnini ko'rsatish nuqtayi nazaridan dolzarbdir. Sattor sarguzasht izlab kolxozga boradi, poyezdlar bo'ylab kezadi, sandiroqlaydi. Xudparastlik sari ildamlayveradi. Natijada, o'z nafsi tufayli, o'g'irlikka qo'l urib, poyezd tagida qolib, oyoqlaridan ajraladi. Uning birdan bir do'sti - iti tark etmaydi. Ammo takyadagi «nondo'stlari»ning gapi bilan u o'z do'stini o'ldiradi. Mana - qissaning nega «Qotilning tug'ulishi» deya atalishining sababi. Sattor, it bo'lsa-da, vafodor do'stining qotili bo'lish darajasiga yetdi, bir qotil jamiyatda paydo bo'ldi. Uning uchun endi hech qanday muqaddas tushuncha ham, ishonch ham yo'q.
“Qotilning tug'ilishi” — jahon va o'zbek adabiyotining munosib namunalaridan biri. Uni qayta nashr etarkanmiz, zamonaviy kitobxonning did va talablariga mos, ammo asl ruhni yo'qotmagan nusxa yaratishga harakat qildik.
- Nashr yili
- 2023
- Sahifalar soni
- 160
- Muallif
- Abdulla Qahhor
- Yo'nalish
- Badiiy adabiyotlar
- ISBN
- 978-9943-9259-2-2



