
Abdulhamid Cho'lpon tarjimalari — 1-jild
Abdulhamid Cho'lpon
72 000 so'm
Sotuvda mavjud
- Yetkazib berish
Toshkent bo'ylab — 1–2 ish kuni
Viloyatlarga — 3–5 ish kuni
- To'lov usullari
- Click, Payme yoki naqd pul — yetkazib berishda
- Qaytarish sharti
- Nuqsonli nusxa 14 kun ichida bepul almashtiriladi
“Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon XX asr boshlaridagi o'zbek tarjima maktabiga tamal toshi qo'ygan, badiiy tarjima sohasining yalovbardori edi.”
Kitob haqida
Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon XX asr boshlaridagi o'zbek tarjima maktabiga tamal toshi qo'ygan, badiiy tarjima sohasining yalovbardori edi. U jahon adabiyoti durdonalarini o'zbek tiliga mahorat bilan o'girgan, o'zbek kitobxonlarining jahon adabiyoti bilan tanishishida hissa qo'shgan ulkan tarjimon edi. To'plamga Cho'lpon amalga oshirgan noyob badiiy tarjimalardan ba'zi namunalar ilk nashr asosida qayta tayyorlab kiritildi. Bu tarjimalarning ayrimlari XX asrning 20-30-yillarida nashr qilingandan buyon o'quvchi bilan qayta yuzlashmagan. Bugungi adabiy va ilmiy jamoatchilik ham ko'p-da bu tarjimalardan boxabar emas. Mazkur tarjima asarlar jadid namoyandasi Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon tarjimonlik miqyosining kengligini ko'rsatadi hamda bugungi kun kitobxonining ma'naviy ehtiyojlariga to'la muvofiq keladi.
“Abdulhamid Cho'lpon tarjimalari — 1-jild” — jahon va o'zbek adabiyotining munosib namunalaridan biri. Uni qayta nashr etarkanmiz, zamonaviy kitobxonning did va talablariga mos, ammo asl ruhni yo'qotmagan nusxa yaratishga harakat qildik.
- Nashr yili
- 2025
- Sahifalar soni
- 464
- Muallif
- Abdulhamid Cho'lpon
- Yo'nalish
- Badiiy adabiyotlar
- ISBN
- 978-9910-8103-4-3



