
Ota izidan
Odil Yoqubov
15 000 so'm
Sotuvda mavjud
- Yetkazib berish
Toshkent bo'ylab — 1–2 ish kuni
Viloyatlarga — 3–5 ish kuni
- To'lov usullari
- Click, Payme yoki naqd pul — yetkazib berishda
- Qaytarish sharti
- Nuqsonli nusxa 14 kun ichida bepul almashtiriladi
“Farzand - otaning izdoshi, farzand - otaning g'ururi, farzand otaning suyanchi.”
Kitob haqida
Farzand - otaning izdoshi, farzand - otaning g'ururi, farzand otaning suyanchi. Bu ko'pchilik biladigan oddiy haqiqat. Odil Yoqubov asari qahramoni bo'lgan Shukurjon ham otasiga shunday sadoqat bilan ulg'aygan ziyoli yigit. U bosmachilar bilan jangda halok bo'lgan otasining diydorini ko'rmagan, otasining bag'rida orom olmagan, otasining erkalashlaridan bahramand bo'lmagan. Bunday go'zal va eng shirin tuyg'ularga qalbi tashna bo'lib voyaga yetgan. Afsuski, ona ko'kragini har tun qo'msaydigan go'dak bu mehrdan ham mosuvo bo'lib, ona tomonidan buvisi qo'lida tarbiya topadi. Buvisi Shukurjonni ota-onasiga mehr tuyg'usi bilan voyaga yetkazadi, unga har oqshom uyqu oldidan otasining qahramonligi haqida go'zal hikoyalar so'zlab beradi. Voyaga yetgan Shukurjon endi otasi ruhini shod qilish, uning pok nomini oqlashni o'zining farzandlik burchi deb biladi, shunga ahd qiladi. Ammo bu yo'lda uning oldida bir qancha to'siqlar paydo bo'ladi. Yosh kitobxon do'stim! Keling, asarni birgalikda o'qiylik, Shukurjonga xayrixoh bo'laylik.
Odil Yoqubov qalamiga mansub bu asarni o'zbek kitobxoniga taqdim etish — jamoamiz uchun katta mas'uliyat va faxr edi. Har bir sahifada muallif ovozini asl holicha saqlashga intildik.
- Nashr yili
- 2022
- Sahifalar soni
- 144
- Muallif
- Odil Yoqubov
- Yo'nalish
- Badiiy adabiyotlar
- ISBN
- 978-9943-6869-8-4



