
Onaizor
Mirmuhsin
15 000 so'm
Sotuvda mavjud
- Yetkazib berish
Toshkent bo'ylab — 1–2 ish kuni
Viloyatlarga — 3–5 ish kuni
- To'lov usullari
- Click, Payme yoki naqd pul — yetkazib berishda
- Qaytarish sharti
- Nuqsonli nusxa 14 kun ichida bepul almashtiriladi
“Mirmuhsin (Mirsaidov) - barcha davrlarning yetuk ijodkori.”
Kitob haqida
Mirmuhsin (Mirsaidov) - barcha davrlarning yetuk ijodkori. Uning yozganlari zalvorini his qilmoq uchun o'quvchidan mutolaaga alohida tayyorgarlik talab etiladi. Yozuvchining «Onaizor» nomli mazkur hikoyalar to'plamiga biz uning chet el afkor ommasi hayotidan olingan asarlarini ham jamladik. Bu hikoyalar inson zotining turfa fe'li, murakkab xarakteri, ayanchli taqdiridan so'zlaydi. Bu hikoyalar insonning inson ustidan hukmronligi, mustabid tuzum jabrini tortgan jabrdiydalar taqdiridan so'zlaydi. Yashashdan murod ne degan savol qarshisida ular bilan yonma-yon turarkansiz, xuddiki, ularning o'ta chigal, azob-uqubatga to'la hayoti qarshisida o'zingizni gunohkordek his qilasiz. Keling, yaxshisi kitobni mutolaa qiling, undan so'ng suhbatimizni davom ettiramiz.
Mirmuhsin qalamiga mansub bu asarni o'zbek kitobxoniga taqdim etish — jamoamiz uchun katta mas'uliyat va faxr edi. Har bir sahifada muallif ovozini asl holicha saqlashga intildik.
- Nashr yili
- 2022
- Sahifalar soni
- 144
- Muallif
- Mirmuhsin
- Yo'nalish
- Badiiy adabiyotlar
- ISBN
- 978-9943-6870-2-8



