
Kumush tola
Asqad Muxtor
20 000 so'm
Sotuvda mavjud
- Yetkazib berish
Toshkent bo'ylab — 1–2 ish kuni
Viloyatlarga — 3–5 ish kuni
- To'lov usullari
- Click, Payme yoki naqd pul — yetkazib berishda
- Qaytarish sharti
- Nuqsonli nusxa 14 kun ichida bepul almashtiriladi
“Asqad Muxtor qalamiga mansub barcha asarlarda inson va uning qadr-qimmati yuksak darajada ulug'lanadi.”
Kitob haqida
Asqad Muxtor qalamiga mansub barcha asarlarda inson va uning qadr-qimmati yuksak darajada ulug'lanadi. Mustaqillikdan so'ng ilk bora nashr etilayotgan mazkur "Kumush tola" qissasida ham yozuvchi azaliy an'anasidan chekinmagan. El xizmatiga kamarbasta, fidoyi inson, xalqining g'am-anduhini o'zining barcha rohat-farog'atidan ustun qo'ygan pillachi Tojixon aya siymosini satrlar orqali ko'z oldingizga keltirarkansiz, mushfiqa ayolning umr poyonida anglab yetgan haqiqati sizni ham qattiq o'yga toldiradi: insonning yashashdan maqsadi nima? Tojixon aya umri davomida qilgan fidoyiliklari evaziga hayot unga qanday javob qaytardi? Odamlarchi? "Kumush tola" aynan shu savollari, og'riqlari bilan siz uchun qadrli bo'lib qoladi.
“Kumush tola” — jahon va o'zbek adabiyotining munosib namunalaridan biri. Uni qayta nashr etarkanmiz, zamonaviy kitobxonning did va talablariga mos, ammo asl ruhni yo'qotmagan nusxa yaratishga harakat qildik.
- Nashr yili
- 2022
- Sahifalar soni
- 256
- Muallif
- Asqad Muxtor
- Yo'nalish
- Badiiy adabiyotlar
- ISBN
- 978-9943-7390-9-3



