Zabarjad Media
Ilon o'chi — Mirmuhsin

Badiiy adabiyotlar

Ilon o'chi

Mirmuhsin

42 000 so'm

1

Sotuvda mavjud

Yetkazib berish

Toshkent bo'ylab — 1–2 ish kuni

Viloyatlarga — 3–5 ish kuni

To'lov usullari
Click, Payme yoki naqd pul — yetkazib berishda
Qaytarish sharti
Nuqsonli nusxa 14 kun ichida bepul almashtiriladi

“Mirmuhsin ijodiga befarq bo'lmagan o'zbek kitobxonlari ko'p oramizda.”

Kitob haqida

Mirmuhsin ijodiga befarq bo'lmagan o'zbek kitobxonlari ko'p oramizda. E'tiboringizga havola etilayotgan 45 hikoyadan iborat «Ilon o'chi» romani adib ijodining go'zal namunasi, gultoji desak, adashmaymiz. Mirmuhsin ushbu asariga nega ramziy nom berdi? Odamlar orasida shunday toifa borki, ular «inson» degan sharafga munosib emaslar. Xatti-harakatlari, gap-so'zlari orqali odamlar qalbini, kerak bo'lsa, hayotini tamoman izdan chiqargan, birovga yomonlik qilmasa turolmaydigan qahramonlarini yozuvchi ana shunday ataydi. «Ilon o'chi» faqat insonlar taqdiridan hikoya qiluvchi asar bo'libgina qolmay, unda xalqning asriy muammolari ham qalamga olingan: tilimizning qadr-qimmati, ajdodlarimizning tarix sahnasidagi munosib o'rni, oila sha'ni, er va ayol o'rtasidagi muhabbatni mustahkamlovchi rishtalar, sevgining inson hayotidagi hal qiluvchi roli haqidagi jiddiy mulohazalar kitobxonni o'yga toldiradi. Romanda ko'tarilgan muammolar ayni bugunning ham bosh mavzusi bo'lib qolayotgani o'zini shu zaminning chin farzandi deb bilgan har bir uyg'oq qalbli insonni hushyor torttiradi.

Muharrir so'zi

“Ilon o'chi” — jahon va o'zbek adabiyotining munosib namunalaridan biri. Uni qayta nashr etarkanmiz, zamonaviy kitobxonning did va talablariga mos, ammo asl ruhni yo'qotmagan nusxa yaratishga harakat qildik.

Nashr yili
2021
Sahifalar soni
368
Muallif
Mirmuhsin
Yo'nalish
Badiiy adabiyotlar
ISBN
9789943738997

Shu yo'nalishdagi boshqa kitoblar

1985 — Entoni Byorjess

“Entoni Byorjess - o'zbek kitobxoni uchun yangi nom.”

Badiiy adabiyotlar

1985

Entoni Byorjess

2021 · 352 bet

63 000 so'm

Bu nashriyotning rasmiy sayti emas: namuna sayt, Akbarov Labs tayyorlagan.

Ilon o'chi — Zabarjad Media