Zabarjad Media
Orazin yopqach ko'zumdin — Alisher Navoiy

Mumtoz adabiyot

Orazin yopqach ko'zumdin

Alisher Navoiy

30 000 so'm

1

Sotuvda mavjud

Yetkazib berish

Toshkent bo'ylab — 1–2 ish kuni

Viloyatlarga — 3–5 ish kuni

To'lov usullari
Click, Payme yoki naqd pul — yetkazib berishda
Qaytarish sharti
Nuqsonli nusxa 14 kun ichida bepul almashtiriladi

“Alisher Navoiy mumtoz she'riyatimizning deyarli barcha janrlarida barakali ijod qilgan.”

Kitob haqida

Alisher Navoiy mumtoz she'riyatimizning deyarli barcha janrlarida barakali ijod qilgan. O'z asarlarida umumbashariy g'oyalarni - hayotning mazmuni, insonning taqdiri, pok axloq va samimiy muhabbat, chinakam do'stlik, vatanparvarlik tuyg'ularini go'zal ifodalagan. Shu bois Navoiy asarlari har qanday davr uchun, har bir avlod uchun o'z ahamiyatini yo'qotmasdan keladi. O'zbek adabiy tilining bor go'zalligi, nafosati, badiiyati, sehrini ham biz aynan Alisher Navoiy ijodiy merosini o'rganish orqali anglaymiz, his etamiz. Aziz kitobxon! E'tiboringizga havola etilayotgan mazkur to'plamga ham barchangiz bilgan, barchangiz sevgan, barchangizga yod bo'lib ulgurgan Navoiy ijod gulshanining eng sara namunalarini jamladik, ayrim so'zlarning izohini ham keltirdik. Umid qilamizki, kitob mutolaasidan o'zgacha bir zavq tuyasiz, Navoiyning ruhiy olami bilan qayta yuzlashasiz.

Muharrir so'zi

Mumtoz adabiyotimizning bu durdona namunasi asrlar osha o'z qadrini yo'qotmagan. Ushbu nashr orqali klassik merosimizni bugungi kitobxonga yaqinlashtirishni maqsad qildik.

Nashr yili
2023
Sahifalar soni
160
Muallif
Alisher Navoiy
Yo'nalish
Mumtoz adabiyot
ISBN
978-9943-6870-5-9

Shu yo'nalishdagi boshqa kitoblar

Ko'zidin boshqa havodur — Zahiriddin Muhammad Bobur

“Bobur ijodiy merosi bilan tanish kitobxon uning ohanrabosi, go'zalligini yaxshi his qiladi.”

Mumtoz adabiyot

Ko'zidin boshqa havodur

Zahiriddin Muhammad Bobur

2023 · 160 bet

30 000 so'm

Bu nashriyotning rasmiy sayti emas: namuna sayt, Akbarov Labs tayyorlagan.