
Mo'minjon Toshqin
Mo'minjon Muhammadjon o'g'li Toshqin
60 000 so'm
Sotuvda mavjud
- Yetkazib berish
Toshkent bo'ylab — 1–2 ish kuni
Viloyatlarga — 3–5 ish kuni
- To'lov usullari
- Click, Payme yoki naqd pul — yetkazib berishda
- Qaytarish sharti
- Nuqsonli nusxa 14 kun ichida bepul almashtiriladi
“Ular o'z asarlarida ko'targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo'y ko'rsatib turibdi.”
Kitob haqida
Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo'lishini, millati farzandlarini sharafga to'lganlar qatorida ko'rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg'oq farzandlari - «Jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o'z o'quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq ma'naviyatini boyitish yo'lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko'rsatgan, alaloqibat qatag'onga uchraganlar haqida so'z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdu- rashidxonov, Usmon Nosir, Is'hoqxon Ibrat siymolari ko'z oldimizda gavdalanadi. Ular o'z asarlarida ko'targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo'y ko'rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg'otish uyg'onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo'q. Kitobxon «Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o'qir ekan, o'zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun mas'ul inson sifatida namoyon qilishga o'zida jur'at topadi.
Jadid adabiyoti namoyandalarining merosini qayta tiklash — nashriyotimizning asosiy vazifalaridan biri. Ularning fidoyiligi va g'oyalari bugun ham dolzarbligini yo'qotmagan.
- Nashr yili
- 2025
- Sahifalar soni
- 368
- Muallif
- Mo'minjon Muhammadjon o'g'li Toshqin
- Yo'nalish
- Jadid adabiyoti
- ISBN
- 978-9910-8103-3-6

